
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Nojer jamoa bilan amaldagi kelishuvini uzaytiradi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Tajribali posbonning amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetishi belgilangan edi. Abendzeitung nashri xabariga ko'ra, tomonlar yangi bitim bo'yicha o'zaro kelashuvga erishgan.
Manbaning ta'kidlashicha, yangi shartnomaga ko'ra 40 yoshli Nojerning jamoadagi o'rni biroz o'zgaradi. Agar ilgari u tarkibning daxlsiz va asosiy figurasi hisoblangan bo'lsa, endilikda darvozabon zaxira o'rindig'ida o'tirishga ham rozi bo'lgan.
Bu qaror yosh darvozabon Yonas Urbigga ko'proq o'yin amaliyoti berish va uni asosiy tarkibga tayyorlash maqsadida qabul qilingan. Manuel Nojer "Bavariya" safiga 2011-yil "Shalke" klubidan kelib qo'shilgan edi.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 33 ta gol olib chiqdi. Myunxen klubidagi o'n yildan ortiq faoliyati davomida Nojer jami 33 ta sovrinni qo'lga kiritdi.
Uning yutuqlari orasida 2 ta Chempionlar ligasi kubogi va 13 ta Germaniya chempionligi mavjud. Ushbu yangi kelishuv afsonaviy posbonning professional faoliyatini aynan Myunxen klubida yakunlashiga xizmat qilishi kutilmoqda.