Raneri "Roma" klubidagi maslahatchi lavozimini tark etdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Raneri "Roma" klubidagi maslahatchi lavozimini tark etdi
Klaudio Raneri "Roma" klubidagi maslahatchi lavozimini tark etdi

Italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri "Roma" klubi maslahatchisi lavozimidan ketdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda Rim klubi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi. Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, 74 yoshli Ranerining jamoadan ketishiga bosh murabbiy Jan Pyero Gasperini bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo'lgan.

Klub rahbariyati mutaxassisga qiyin davrda jamoani qo'llab-quvvatlagani va qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi. Rimliklar o'z bayonotida Ranerining sa'y-harakatlari doim yuksak qadrlanishini ta'kidlagan.

Shu bilan birga, "Roma" rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Jan Pyero Gasperiniga to'liq ishonch bildirishini va u bilan hamkorlikni davom ettirishini ma'lum qildi. Ma'lumot uchun, Italiya chempionatining 33 turidan so'ng, "Roma" 58 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Kelgusi turlarda jamoa yevrokuboklar yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish