«Monako» Golovinning jarohatdan so'ng safga qaytganini e'lon qildi

0
«Monako» Golovinning jarohatdan so'ng safga qaytganini e'lon qildi
«Monako» klubining rossiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Golovin jarohatidan to'liq sog'aydi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Futbolchi Fransiya chempionati (Liga 1) 31-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Tuluza»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda «Monako» bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Murabbiyning ta'kidlashicha, Golovin o'tgan haftada mushaklarini tiklash mashg'ulotlarini yakunlab, joriy haftadan boshlab umumiy guruhda to'liq rejimda shug'ullanishni boshlagan. Shuningdek, mutaxassis futbolchining «Oser»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, o'zini yaxshi ko'rsatganini va jamoada tarkib borasida bir nechta variantlar paydo bo'lganini qayd etdi.

«Tuluza» va «Monako» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 25-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:05 da start oladi. Ma'lumot uchun, ortda qolgan 30 ta tur yakunlariga ko'ra, «Monako» klubi 50 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining yettinchi pog'onasini egallab turibdi.

Kelgusi bahsdagi g'alaba jamoaning yevrokuboklar yo'llanmasi uchun kurashdagi imkoniyatlarini yaxshilashi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari