Raneri Gasperini bilan ziddiyat sabab "Roma"ni tark etdi

0
Raneri Gasperini bilan ziddiyat sabab "Roma"ni tark etdi
«Roma» klubi boshqaruvi maslahatchisi Klaudio Raneri bosh murabbiy Jan Pyero Gasperini bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar ortidan o‘z lavozimidan ketishga qaror qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga Gasperini jamoaning ayrim futbolchilari mahoratiga shubha bildirgani sabab bo‘lgan.

Bunga javoban Raneri barcha transferlar aynan bosh murabbiy bilan kelishilgan holda amalga oshirilganini ta’kidlagan. Ushbu ziddiyat yakunda tajribali mutaxassisning klubni tark etishiga olib keldi.

Ma’lumot uchun, Jan Pyero Gasperini Rim klubini 2025-yilning yozida qabul qilib olgan edi. Italiya A Seriyasining 2025/2026-yilgi mavsumida 33 tur yakunlariga ko‘ra, «Roma» uning qo‘l ostida turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Klaudio Raneri klubda ma’muriy lavozimni egallashdan avval jamoada bosh murabbiy sifatida ham faoliyat yuritgan edi. Hozircha klub rahbariyati ushbu iste’foga rasmiy munosabat bildirmadi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari