Peres Arbeloani iste'foga chiqarish bo'yicha yakuniy qarorga keldi

0
Peres Arbeloani iste'foga chiqarish bo'yicha yakuniy qarorga keldi
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Jurnalist Xorxe Pikonning xabar berishiga ko'ra, klub rahbari joriy mavsum yakunlangach, mutaxassisni iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda. Garchi klub direktorlar kengashining ayrim a'zolari murabbiyga o'zini ko'rsatishi uchun yana bir imkoniyat berish tarafdori bo'lsa-da, Peresning pozitsiyasi o'zgarmasligicha qolmoqda.

Prezident yozgi transferlar vaqtida jamoaga yangi murabbiy olib kelish niyatida. Eslatib o'tamiz, Alvaro Arbeloa yanvar oyi o'rtalarida Xabi Alonso o'rnini egallab, "Real Madrid" boshqaruviga kelgan edi.

Uning qo'l ostida jamoa Ispaniya kubogini 1/8 finalda, Chempionlar ligasini esa 1/4 final bosqichida tark etdi. Ispaniya chempionatida ham "qirollik klubi"ning ahvoli murakkab: mavsum yakunlanishiga yetti tur qolganida "Barselona" bilan oradagi farq to'qqiz ochkoni tashkil etmoqda.

Bu esa jamoaning chempionlik imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytirgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari