Nojer «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish masalasiga oydinlik kiritdi

0
Nojer «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish masalasiga oydinlik kiritdi
Manuel Nojer "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish masalasiga o'ydinlik kiritdi "Bavariya" darvozaboni Manuel Nojer joriy mavsum yakunlanganidan keyin klubda qolish-qolmasligi borasidagi savollarga javob berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Myunxenliklar sardorining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida nihoyasiga yetadi. Ma'lum qilinishicha, Bundesliganing amaldagi grandi rahbariyati tajribali darvozabon bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirish niyatida.

Germaniyalik jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Manuel Nojer o'z kelajagi haqidagi savolga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirgan. "Hozircha hech qanday rasmiy bayonot bermayman, biroq ayni damda barchasi ijobiy ko'rinishga ega", — deya ta'kidlagan 40 yoshli posbon.

Eslatib o'tamiz, o'tgan chorshanba kuni Manuel Nojer Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoaga Germaniya kubogi finaliga chiqishda yordam berdi. Leverkuzenning "Bayer" klubiga qarshi kechgan yarim final bahsida (2:0) darvozabon o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ma'lumot o'rnida, Nojer 2011-yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari