Rossiya neft zavodiga dron hujumi: Tuapseda yong'in chiqdi

0
Rossiya neft zavodiga dron hujumi: Tuapseda yong'in chiqdiRossiya neft zavodiga dron hujumi: Tuapseda yong'in chiqdi Rossiyaning Qora dengiz sohilida joylashgan Tuapse neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Rosneft" kompaniyasiga qarashli mazkur ob'ektda zarba oqibatida yirik yong'in kelib chiqdi va dengizga neft mahsulotlari to'kildi. Fevral oyida boshlangan yong'inni to'liq bartaraf etish uchun qutqaruvchilar bir necha kun davomida ish olib bordi.

Ekspertlar tahliliga ko'ra, AQSh vositachiligidagi tinchlik muzokaralari to'xtab qolgani va xalqaro e'tibor boshqa mintaqalarga qaratilgani sababli bunday hujumlar soni ortgan. Ukraina tomoni mart oyidan buyon Rossiya hududidagi strategik ob'ektlarga zarbalarni sezilarli darajada kuchaytirdi.

16-aprel kuni amalga oshirilgan navbatdagi hujumdan so'ng, Tuapse zavodi o'z faoliyatini vaqtincha to'xtatishga majbur bo'ldi. Ma'lumot uchun, ushbu zavodning yillik quvvati 12 mln tonnani tashkil etadi, bu esa kuniga 240 ming barrel neftni qayta ishlash deganidir.

Korxonada asosan nafta, dizel yoqilg'isi, mazut va vakuumli gazoyl kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Hozirda ob'ektga yetkazilgan zarar miqdori va qayta tiklash muddatlari aniqlanmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari