Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar qo‘shma operatsiyasida yirik miqdordagi giyohvand modda aylanmasi to‘xtatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bojxona idoralari hamkorlikda qo‘shni davlatdan noqonuniy olib kelingan narkotik moddalarni qayd etdi. Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1973 yil tug‘ilgan va avval ham narkotik jinoyati uchun sudlangan shaxs Xo‘jaobod tumanida ushlandi.
Unga tegishli bo‘lgan 24 kilogramm 475 gramm “gashish” moddasi musodara qilindi. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.
Tergov jinoyatga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0