Buxoro va Surxondaryoda 13 kg dan ortiq opiy moddasi musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo'yildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy muomaladan ko'p miqdordagi opiy moddasi olindi. Dastlabki amaliyot Buxoro viloyatining Kogon tumanida o'tkazildi.
Unda muqaddam giyohvand moddalar bilan bog'liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan Buxoro shahri turg'uni boshqaruvidagi "Lacetti" avtomobili to'xtatilib, ko'zdan kechirildi. Mashinaning motor qismidagi havo filtri ostiga yashirilgan 993 gramm opiy moddasi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxs giyohvandlik vositasini Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan sotib olgani aniqlandi. Mazkur ma'lumot asosida davom ettirilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs ham qo'lga olindi.
Tekshiruv davomida uning yonidan 5 kg, yashash xonadonidan esa yana 7 kg opiy moddasi topildi. Jami 13 kg ga yaqin giyohvandlik moddalari daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0