Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi o'zbekistonliklar uchun yangi imtiyozlar e'lon qildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi o'zbekistonliklar uchun yangi imtiyozlar e'lon qildiTramp Ho'rmuz bo'g'ozini o'z nomi bilan atash g'oyasini ilgari surdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ho'rmuz bo'g'oziga "Tramp bo'g'ozi" deb nom berish taklifini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Davlat rahbari ushbu tashabbusni dastlab Truth Social ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida e'lon qildi. Avvalroq u Mayami shahrida o'tkazilgan investitsiya forumi davomida ham shunday g'oyani hazil tariqasida tilga olgan edi.

"New York Post" nashrining yozishicha, mazkur tashabbus hozirda AQSh ma'muriyati doirasida ko'rib chiqilmoqda. Tramp faoliyati davomida geografik va tarixiy ob'ektlar nomini o'zgartirishga doir takliflar bilan bir necha bor chiqqani ma'lum.

Xususan, u ilgari ham ayrim hududlarning nomlanishini o'zgartirish bo'yicha tegishli qarorlarni qabul qilgan. Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, Ho'rmuz bo'g'ozi jahon iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega bo'lib, eng yirik neft tashish yo'llaridan biri hisoblanadi.

Oxirgi yillar davomida ushbu hududda bir necha bor geosiyosiy ziddiyatlar va keskin vaziyatlar yuzaga kelgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish