Tramp Ho'rmuz bo'g'ozidagi kemalarni chiqarish bo'yicha amaliyot boshladi

Bekzod Nazarov2 daqiqalik o'qish

Tramp Ho'rmuz bo'g'ozidagi kemalarni chiqarish bo'yicha amaliyot boshladiTramp Ho'rmuz bo'g'ozidagi kemalarni chiqarish bo'yicha operatsiya boshladi

AQSh prezidenti Tramp tashabbusi bilan Ho'rmuz bo'g'ozida turib qolgan kemalarni hududdan olib chiqish bo'yicha maxsus amaliyotga start berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda davlat rahbari Truth Social tarmog'idagi shaxsiy sahifasi orqali e'lon qildi. "Project Freedom" deb nomlangan mazkur operatsiya 4-may kuni ertalabdan amalga oshirila boshlandi.

Rejaga ko'ra, xavfsizlik choralari tufayli harakatlanishi cheklangan neytral davlatlarga tegishli yuk kemalari xavfsiz hududlarga kuzatib qo'yiladi. Tramp ushbu kemalarni mavjud mojarolarga aloqador bo'lmagan "begunoh kuzatuvchilar" deb atadi va ular mintaqadagi siyosiy keskinlik asiriga aylanganini qayd etdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu harakatlar xalqaro hamkorlarning rasmiy murojaatlari asosida tashkil etilgan. Ho'rmuz bo'g'ozida to'xtab qolgan transport vositalari AQSh harbiylari nazorati ostida maxsus koridor orqali harakatlanadi.

Prezident ushbu amaliyotni insonparvarlik yordami sifatida baholadi. Uning so'zlariga ko'ra, ayrim kemalarda oziq-ovqat va birlamchi ehtiyoj mollari zaxirasi tugab bormoqda.

Tramp agar operatsiyaga qarshilik ko'rsatilsa, Vashington kuch ishlatishdan qaytmasligini ham ta'kidlab o'tdi. O'z navbatida, Eron tomoni ushbu tashabbusga nisbatan shubha bilan qaramoqda.

Eron rasmiysi Ibrohim Aziziy AQShning har qanday harbiy aralashuvi mintaqadagi barqarorlikka zarar yetkazishi va o't ochishni to'xtatish haqidagi kelishuvlarga tahdid solishi haqida ogohlantirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish