Xitoyning Zeekr krossoveri poygada Ferrari modelini ortda qoldirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xitoyning Zeekr krossoveri poygada Ferrari modelini ortda qoldirdiZeekr 8X krossoveri chorak mil masofada Ferrari modelidan o'zib ketdi

Britaniyaning CarWow nashri tomonidan o'tkazilgan poyga sinovlarida Zeekr 8X krossoveri yuqori ko'rsatkich qayd etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, mazkur avtomobil chorak mil masofani 10,6 soniyada bosib o'tib, Ferrari Purosangue modelini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Ma'lumot uchun, Italiya krossoveri ushbu masofa uchun 11,6 soniya vaqt sarfladi.

Shuningdek, BMW X5M 12,2 soniya, Land Rover Defender Octa esa 13,1 soniya natija ko'rsatgan. Xitoy krossoverining bunday tezlikka erishishiga uning kuchli gibrid tizimi sabab bo'lgan.

Avtomobilga o'rnatilgan ikki litrli ichki yonuv dvigateli uchta elektr motor bilan birgalikda 1 401 ot kuchini hosil qiladi. Bunday quvvat bilan mashina 200 km/soat tezlikka 9,85 soniyada chiqadi.

Ta'kidlash joizki, Zeekr 8X sinovda ishtirok etgan barcha transport vositalari orasida eng og'iri bo'lib, uning vazni 2 820 kg ga teng. Shunga qaramay, u narx jihatidan eng arzon variant hisoblanadi.

Mashina 54 300 funt sterlingga baholangan bo'lib, bu Ferrari modelining narxidan qariyb olti barobar kam demakdir.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish