Tramp Ho'rmuz bo'g'ozini o'z nomi bilan atashni taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp navbatdagi shov-shuvli tashabbusni ilgari surdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Siyosatchi Truth Social tarmog'idagi sahifasida Ho'rmuz bo'g'ozini "Tramp bo'g'ozi" deb ko'rsatilgan suratni joylashtirdi. Ushbu g'oya dastlab Mayami shahridagi investitsiya forumida hazil tariqasida yangragan edi, biroq Tramp o'z so'zlariga jiddiy yondashayotganini bildirdi.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, Oq uy rahbari ushbu strategik hududni "Amerika bo'g'ozi" deb qayta nomlash variantini ham tahlil qilmoqda. Tramp so'nggi vaqtlarda muhim geografik nuqtalar va tashkilotlar nomini o'zgartirish masalasini tez-tez kun tartibiga olib chiqmoqda.
Ayni paytda mintaqadagi siyosiy vaziyat tahlikali darajada qolmoqda. AQSh va Isroil tomonidan bo'layotgan bosimlarga javoban Eron hukumati bo'g'ozni yopib qo'yish haqida ogohlantirdi.
Harbiy va iqtisodiy ziddiyatlar kuchayishi oqibatida mazkur hududda yuk kemalari harakati keskin kamaygan. Ekspertlar Trampning bunday bayonotlari jahon bozoridagi barqarorlikka va global iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligidan xavotirda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0