Mirziyoyev va Chexiya bosh vaziri Babish hamkorlikni kengaytirishni kelishib oldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Mirziyoyev va Chexiya bosh vaziri Babish hamkorlikni kengaytirishni kelishib oldiMirziyoyev va Babish o'rtasida muzokaralar boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni Ko'ksaroy qarorgohida O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya bosh vaziri Andrey Babishni qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Oliy martabali mehmonni kutib olishga bag'ishlangan tantanali marosim qarorgoh maydonida bo'lib o'tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda faxriy qorovul saf tortib, ikki mamlakatning davlat madhiyalari ijro etildi. Mirziyoyev va Babish harbiy bo'linma oldidan o'tib, rasmiy delegatsiya a'zolari bilan ko'rishdi.

Marosim doirasida yetakchilar birgalikda suratga tushganidan so'ng, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Muzokaralar davomida tomonlar O'zbekiston va Chexiya o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini ko'rib chiqadi.

Asosiy e'tibor savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sarmoyaviy loyihalarni qo'llab-quvvatlash hamda siyosiy muloqotni mustahkamlashga qaratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, uchrashuvda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish