Rossiya bozorida yangi "Volvo XC70" krossoveri taqdim etildi
Rossiya avtomobil bozorida yangi avlod "Volvo XC70" modelining namoyishi bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining yozishicha, ushbu model o'zining avvalgi qiyofasini butunlay o'zgartirib, yo'ltanlamas universal o'rniga D-klassiga mansub oilaviy krossoverga aylangan. Gabarit o'lchamlari jihatidan avtomobil brendning "XC60" va "XC90" modellari orasidagi bo'shliqni to'ldiradi.
Texnik xususiyatlariga ko'ra, krossover SMA platformasiga asoslangan bo'lib, gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Tizim tarkibiga 1,5 litrli "Geely" turbo dvigateli hamda uchta elektr motori kiritilgan.
Qurilmaning umumiy quvvati 462 ot kuchiga teng bo'lib, avtomobil 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada erishadi. To'liq uzatmali krossover 39,6 kVt/soat sig'imga ega akkumulyator bilan ta'minlangan.
Bu ko'rsatkich faqat elektr quvvati bilan 212 km masofani bosib o'tishga imkon beradi. Yoqilg'i baki va akkumulyator to'liq bo'lganda, masofa zaxirasi 1 200 km ni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, "Volvo XC70" modelining jahon premyerasi 2025 yilning yozida o'tkazilgan edi. Hozirda avtomobil Xitoyning Taychjou shahridagi zavodda ishlab chiqarilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0