AQShda "grin karta" va vizalar uchun tekshiruvlar kuchaytirildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

AQShda "grin karta" va vizalar uchun tekshiruvlar kuchaytirildiTramp ma'muriyati immigratsiya va yashash huquqi uchun nazoratni kuchaytirdi

AQSh hukumati "grin karta" hamda immigratsiya vizalarini berish jarayonida tekshiruv choralarini qat'iylashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda CBS News nashri xabar e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, prezident Donald Tramp ma'muriyati tomonidan joriy etilgan yangi tartiblar migrantlarning bir necha toifasiga daxldor bo'lib, nazoratni maksimal darajaga ko'tarishni ko'zda tutadi.

Yangi qoidalar boshpana so'rash, doimiy yashash huquqini qo'lga kiritish va fuqarolikka qabul qilinish jarayonlarini qamrab oladi. Shuningdek, qarindoshlik aloqalari yoki nikoh asosida topshirilgan arizalar ham endilikda yanada sinchkovlik bilan o'rganiladi.

AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlariga to'liq tekshiruvdan o'tmagan hujjatlarni tasdiqlash rasman taqiqlandi. Barcha murojaatlar Federal qidiruv byurosi bazasi orqali qayta tahlil qilinishi majburiy etib belgilandi.

Ushbu o'zgarishlar Tramp tomonidan 2024 fevral oyida imzolangan maxsus farmon ijrosini ta'minlashga qaratilgan. Tekshiruvlar davomida arizachilarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati ham e'tibordan chetda qolmaydi.

Unda "antiamerikalik" ruhdagi qarashlar mavjudligi o'rganilishi mumkin. Mazkur islohotlar sababli ko'plab migratsiya ishlari ko'rilishi sekinlashgan yoki vaqtincha to'xtab qolgan.

Milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan 39 ta davlat fuqarolari uchun ayrim turdagi arizalarni qabul qilish jarayoni muzlatib qo'yildi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish