Marg‘ilonda 25 kg gashish moddasini qabul qilgan shaxs ushlandi

0
Marg‘ilonda 25 kg gashish moddasini qabul qilgan shaxs ushlandiFarg'onada qariyb 25 kg gashish moddasini qabul qilgan shaxs ushlandi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ichki ishlar organlari va bojxona tizimi bilan hamkorlikda Marg'ilon shahrida yirik miqdordagi giyohvand moddalar aylanishiga chek qo'ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

O'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1973 yilda tug'ilgan, muqaddam narkojinoyat uchun sudlangan fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu shaxs Qirg'izistondagi sheriklari tomonidan Xo'jaobod tumani hududiga yashirib ketilgan giyohvand moddalarni qabul qilib olayotgan vaqtda ushlangan.

Maxsus operatsiya natijasida xufiyona joydan jami 24 kg 475 gramm gashish moddasi olindi. Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) hamda 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Sud qarori bilan fuqaroga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo'llandi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda va ushbu jinoiy sxemaga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash choralari ko'rilmoqda.

Mutasaddi idoralar fuqarolardan shubhali holatlarga duch kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga xabar berishni so'radi. Murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi qat'iy kafolatlanadi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari