Toshkentda giyohvand moddalarni yashirincha tarqatgan shaxs ushlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Toshkentda giyohvand moddalarni yashirincha tarqatgan shaxs ushlandiShayxontohurda giyohvand moddalarni yashirincha tarqatgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarini "zakladka" usulida tarqatish bilan shug'ullangan shaxs qo'lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

IIV ma'lumotlariga ko'ra, huquq-tartibot organlari xodimlari Artyom ismli fuqaroni to'xtatib tekshirganda, uning yonidan 20 ta qora yelimga o'ralgan "gashish" moddasi topilgan. Gumonlanuvchining mobil qurilmasi ko'zdan kechirilganda, u yana 14 ta turli manzilda giyohvandlik moddalarini yashirgani va ularning lokatsiyalarini saqlab kelgani aniqlangan.

Tadbirning mantiqiy davomi sifatida shaxsning yashash xonadonida ham tintuv o'tkazildi. Uyidan 28 ta ko'k va 9 ta qora o'ramdagi taqiqlangan moddalar, elektron tarozi hamda boshqa ashyoviy dalillar musodara qilingan.

Gumonlanuvchi o'z ko'rsatmasida aybiga iqror bo'lib, tengdoshlarini bu kabi noqonuniy ishlardan uzoq bo'lishga chaqirdi. U o'z harakatlarining oqibati ayanchli yakunlanishini ta'kidlab o'tgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo'llanilgan bo'lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash tadbirlari qat'iy davom ettirilishini ma'lum qildi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish