Rossiyada eng quvvatli atom energiya bloki ishga tushirildi
Rossiyada VVER-TOI reaktoriga ega Kursk AES-2 stansiyasining birinchi energiya bloki rasman faoliyat boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
"Rosatom" davlat korporatsiyasi barcha zarur hujjatlarni imzoladi va blok 1-maydan e'tiboran elektr energiyasi bozoriga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar berdi.
Mazkur yangi energiya bloki Rossiya atom energetikasi sohasidagi eng yirik obyektga aylandi. Uning elektr quvvati 1253 MVtni tashkil etadi.
Ushbu qurilma mamlakatning yagona energiya tizimi uchun qo'shimcha generatsiya hajmini ta'minlashi ko'zda tutilgan. "Rosatom" bosh direktori Lixachyovning ta'kidlashicha, qurilish jarayonlari ulkan jamoa tomonidan amalga oshirildi.
Loyihani hayotga tatbiq etishda 90 mingdan ortiq mutaxassis hamda 250 ga yaqin pudratchi tashkilot ishtirok etdi. Kursk AES-2 loyihasi faqat bitta energiya bloki bilan cheklanib qolmaydi.
Yaqin yillar ichida hududda yana uchta shunday blok qurilishi belgilangan. Ushbu rejalar yakunlangach, stansiya to'liq yangi avlod reaktorlari tizimiga o'tishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0