Xitoyda keksalar soni 400 mln kishidan ortishi kutilmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Xitoyda keksalar soni 400 mln kishidan ortishi kutilmoqdaXitoyda aholining keksayishi demografik inqirozni yuzaga keltirmoqda

Xitoyda aholi tarkibida keksalar ulushi keskin ortib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislar prognoziga ko'ra, kelgusi o'n yillikda 60 yoshdan oshgan fuqarolar soni 400 mln kishidan ortishi kutilmoqda. "Sinxua" agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yil yakuniga qadar ushbu yosh toifasidagi shaxslar 320 mln nafardan oshib, mamlakat umumiy aholisining qariyb 23 % qismini tashkil etadi.

Hukumat demografik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida yangi choralarni joriy etishga kirishdi. Rejaga muvofiq, 2030 yilgacha shahar va qishloqlarning kamida 70 % hududi keksalar uchun maxsus xizmat ko'rsatish muassasalari bilan ta'minlanadi.

Shuningdek, yolg'iz va ijtimoiy ko'makka muhtoj katta yoshdagi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilmoqda. Ekspertlar tahliliga ko'ra, mazkur vaziyatga o'tgan asr oxirida amal qilgan "bitta oila — bitta bola" siyosati asosiy sabab bo'lgan.

Ushbu cheklov tug'ilish darajasining pasayishiga olib keldi. Keyinchalik hukumat tomonidan farzandlar soniga doir talablar yumshatilgan bo'lsa-da, tug'ilish ko'rsatkichlari kutilgan darajada o'smadi.

Natijada so'nggi bir yil ichida Xitoy aholisi 3,39 mln kishiga kamayib, 1,404 mlrd nafarni tashkil etdi. Mavjud holat mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy tizimi uchun yangi chaqiriqlarni keltirib chiqarmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish