Britaniyada yoshlarga tamaki sotishni umrbod taqiqlash rejalashtirildi

0
Britaniyada yoshlarga tamaki sotishni umrbod taqiqlash rejalashtirildiBritaniya parlamenti tamaki va veyplarni taqiqlashga oid qonunni kelishdi Buyuk Britaniya parlamenti tarkibiga kiruvchi Jamoalar palatasi va Lordlar palatasi tamaki hamda veyp mahsulotlari aylanishini qat'iy nazorat qiluvchi qonun loyihasining yakuniy matni bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hujjat qirol Charlz III tomonidan tasdiqlanganidan so'ng rasmiy kuchga ega bo'ladi. Yangi tartibga ko'ra, 2009 yil 1 yanvardan keyin tug'ilgan barcha fuqarolar uchun tamaki mahsulotlarini sotib olish butun umrga taqiqlanadi.

Ushbu cheklov 2027 yil 1 yanvar sanasidan e'tiboran amal qila boshlaydi. Islohotdan ko'zlangan asosiy maqsad mamlakatda "tamakisiz avlod"ni shakllantirishdan iborat.

Qonun kuchga kirgan vaqtda 17 yosh va undan kichik bo'lgan shaxslar umrining oxirigacha sigareta yoki boshqa tamaki turlarini qonuniy yo'l bilan xarid qila olmaydi. Sotish uchun belgilangan yosh chegarasi har yili bir yoshga surilib boradi.

Shu bilan birga, hukumat veyplarning ta'mi, qadoqlanishi va reklamasi ustidan nazorat o'rnatish vakolatini qo'lga kiritadi. Maktablar va bolalar maydonchalari yaqinida elektron sigaretlardan foydalanishga cheklov qo'yiladi.

Sog'liqni saqlash vaziri Ues Striting ushbu tashabbusni mamlakat salomatligini saqlashdagi muhim qadam deb atadi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Buyuk Britaniyada har yili qariyb 80 ming kishi tamaki iste'moli bilan bog'liq xastaliklar oqibatida vafot etadi.

Bu holat Milliy sog'liqni saqlash xizmatiga jiddiy iqtisodiy yuk bo'lmoqda. Yangi qonun yoshlar orasida zararli odatlar ko'lamini kamaytirish va kelajakda "tutunsiz jamiyat" barpo etishga xizmat qiladi.

Hujjat dunyodagi eng qat'iy aksiltamaki choralaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari