
Rossiya hukumati mamlakatda kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solishga qaratilgan yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Xorijiy OAV xabar berishicha, bu qonun raqamli aktivlar bozorini tartibga solish va investorlarni himoya qilishni maqsad qilib qo'ygan.
Qonun loyihasiga ko'ra, kripto-aktivlar bilan faqat litsenziyaga ega bo'lgan birjalar, brokerlar, vakillar va raqamli depozitariylar shug'ullanishi mumkin bo'ladi. Rossiya Markaziy banki ushbu tashkilotlarga litsenziya berish va ularning faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega bo'ladi. Boshqa barcha ishtirokchilar litsenziyalangan vositachilar orqali xizmatlardan foydalanishlari shart.
Shuningdek, qonunda kriptovalyutalarni tovarlar va xizmatlar uchun to'lov sifatida ishlatish taqiqlanadi, ammo ular xorijiy savdo shartnomalarida hisob-kitob vositasi sifatida qabul qilinishi mumkin. Investorlar esa malakali va malakasizlarga bo'linadi. Malakasiz investorlar aktiv sotib olishdan oldin maxsus testdan o'tishlari, malakali investorlar esa cheklovlarga duch kelishlari mumkin.
Qonun buzilishlari uchun jazo choralari ham kuchaytirilmoqda. Litsenziyasiz kriptovalyuta almashtirish bilan shug'ullangan shaxslar 7 yilgacha qamoq jazosiga tortilishi, shuningdek, 300 ming rublgacha jarima to'lashi yoki 4 yilgacha majburiy mehnatga jalb qilinishi mumkin. Ushbu tartiblar joriy yilning 1 iyulidan kuchga kirishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0