Bernardo Silva "Barselona"ga o'tishni istamoqda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Bernardo Silva "Barselona"ga o'tishni istamoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardo Silva faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni istamoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda El Chiringuito xabar berdi. Manbaga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik uchun "Barselona" faoliyatini davom ettirishdagi ustuvor variant hisoblanadi.

Avvalroq yarim himoyachi joriy mavsum yakunlangach, "Manchester Siti"ni erkin agent sifatida tark etishini ma'lum qilgandi. Joriy mavsumda Silva barcha turnirlar doirasida 45 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va besh bor jamoadoshlariga golli uzatma berdi.

Avvalroq "Yuventus" ham Silvaga jiddiy qiziqish bildirayotgani, biroq Turin klubi futbolchining moliyaviy talablarini qondira olmasligi haqida xabar qilingan edi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish