
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand jamoa yarim himoyachisi Bernardu Silva bilan bog'liq yangiliklar yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi joriy mavsum yakunlangach, klubni tark etishi kutilmoqda. Sky Sports News nashriga bergan intervyusida norvegiyalik forvard Silvaning professional sifatlarini yuqori baholadi.
Holandning ta'kidlashicha, Bernardu u bilan birga o'ynagan eng aqlli va intellektual futbolchilardan biri hisoblanadi. Shuningdek, hujumchi portugaliyaliyarning "Manchester Siti"dagi to'qqiz yillik faoliyatini haqiqiy muvaffaqiyat deb atadi.
Holand Silvaning erishgan yutuqlariga, xususan, olti marta Premyer-liga chempioni bo'lgani va Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritganiga e'tibor qaratdi. Ayniqsa, klub "trebl" (uchta yirik sovrin)ga erishgan mavsumda Bernarduning tutgan o'rni beqiyos bo'lganini alohida ta'kidladi.
Norvegiyalik futbolchi Silvani jamoaning zamonaviy shakllanishiga ulkan hissa qo'shgan asosiy shaxslardan biri deb bildirdi. Ma'lumot uchun, 31 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 44 ta bahsda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0