Mbappe "Oltin to'p"ni yutishga yaqin turibdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Mbappe "Oltin to'p"ni yutishga yaqin turibdi
«Monako» yarim himoyachisi Pol Pogba «Real» hujumchisi Kilian Mbappening «Oltin to'p»ni yutishiga ishonchi komil. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Uning fikricha, bu faqat vaqt masalasi. «Kilian Mbappening «Oltin to'p» uchun ovoz berishda g'alaba qozonishi shunchaki vaqt masalasi.

Mening nazarimda, u mavsum davomida eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Hozir u avvalgidan ham ko'proq gol urmoqda.

«Real»dagi ilk mavsumida hatto Krishtianu Ronaldudan ham ko'proq to'p kiritdi. U yanada o'sishda davom etishi mumkin», — deydi Pogba Madrid Universal nashriga bergan intervyusida.

Hozirgi mavsumda 27 yoshli Mbappe barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish