Desayi: Mbappe "Real"ga o'tib, orzusini amalga oshirdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Desayi: Mbappe "Real"ga o'tib, orzusini amalga oshirdi
Fransiyaning mashhur sobiq futbolchisi Marsel Desayi vatandoshi Kilian Mbappe faoliyati va uning oxirgi yutuqlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ma’lumki, markaziy hujumchi 2024-yildan boshlab Parij “Sen-Jermen” klubini tark etib, Madridning “Real” jamoasiga o‘tgan edi. Desayining ta’kidlashicha, Mbappe “Real” klubiga qo‘shilib, o‘zining eng katta orzusini amalga oshirdi.

Sobiq futbolchi hujumchining “PSJ”dan ketishidan keyingi natijalarini yuqori baholadi va barcha turnirlarda qayd etilgan 44 ta golni aql bovar qilmas ko‘rsatkich deb atadi. Shuningdek, u Mbappe Madrid klubidagi faoliyatini ham juda yuqori darajada davom ettirayotganini qayd etdi.

Joriy mavsumda Kilian Mbappe “qirolik klubi” safida 39 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvlar davomida futbolchi jamoasiga 40 ta gol urish va oltita golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Bunday statistik ma’lumotlar Mbappe Madrid jamoasi tarkibida tez fursatlarda moslashganini va asosiy kuchga aylanganini ko‘rsatmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish