
"Real Madrid" "Alaves"ni mag'lub etdi, Mbappe Gulerga minnatdorchilik bildirdi
Madridning "Real Madrid" klubi La Liga doirasidagi o'yinda "Alaves" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Kilian Mbappe 30-daqiqada hisobni ochdi. Uchrashuv yakunlangach, fransuz futbolchisi yarim himoyachi Arda Gulerga murojaat qildi – aynan turkiyalik futbolchi yulduz hujumchiga golli uzatmani amalga oshirgandi.
"Mening ukam", – deb yozdi Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda, yarim himoyachi bilan tushgan suratini ilova qilgan holda. Ikkinchi gol muallifi esa 50-daqiqada gol urgan Vinisius Junior bo'ldi.
Mehmonlarning yagona goli ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda kiritildi. Kilian Mbappe 24 ta gol bilan La Ligada to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda, Arda Guler esa to'qqizta golli uzatma bilan chempionatda ikkinchi o'rinni egallagan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0