
O'zbekistonda mas'uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyatini yangilashga qaratilgan yangi qonun imzolandi. Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan “Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida”gi qonun (O'RQ–1137-son, 2026 yil 21 aprel) rasmiy e'lon qilingan kundan uch oy o'tgach kuchga kiradi. Ushbu hujjat uzoq muddatdan beri kutib kelinayotgan islohotlarning amaliyotga oshirilishiga xizmat qiladi.
Yangi qonun MChJlar faoliyatida zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish, mavjud qonunchilikdagi kamchiliklarni bartaraf etish va ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Qonun 71 ta moddadan iborat bo'lib, uning ishlab chiqilishida mahalliy va xorijiy mutaxassislar, jamoatchilik fikrlari hamda xalqaro tajriba o'rganilgan.
Qonunda kuzatuv kengashining vakolatlarini aniqlashtirish va a'zolarini saylash tartibini shaffoflashtirishga alohida e'tibor qaratilgan. Bundan tashqari, kengash qarorlarini masofadan turib qabul qilish imkoniyati yaratilmoqda. Kuzatuv kengashi a'zolari hamda boshqaruv organlari uchun fidutsiar majburiyatlar joriy etilishi ularning javobgarligini oshiradi.
Qonunga ko'ra, MChJlar faoliyatini boshlash uchun litsenziyadan tashqari, ruxsatnoma yoki xabardor qilish tartibidan ham foydalanish mumkin bo'ladi. Shuningdek, jamiyatlarning filial, vakolatxona, shuba va qaram korxonalarini tashkil etish tartibi birinchi marta qonunchilikda mustahkamlab qo'yilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0