Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi yangi qonun rasman qabul qilindi

0
O‘zbekistonda aholining turmush sifatini oshirish, xavfsiz va qulay yashash muhitini shakllantirish hamda hududlar qiyofasini zamonaviy arxitektura talablari asosida tubdan yangilash borasidagi tizimli islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosatini huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida «Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun rasman qabul qilindi. Mazkur hujjat ko‘plab fuqarolar hamda ko‘chmas mulk egalari tomonidan uzoq kutilgan va muhim ahamiyatga ega tashabbus hisoblanadi.

Adliya vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, qonunning qabul qilinishi shaharsozlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, eskirgan uy-joy fondini bosqichma-bosqich yangilash va aholi uchun munosib infratuzilmani yaratishda huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Renovatsiya jarayonlari shahar hududlarini kompleks rivojlantirish, ijtimoiy obektlar hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilishni ko‘zda tutadi.

Qonun doirasida mulkdorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda shaffoflikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu yangilik shaharlarning iqtisodiy jozibadorligini oshirish bilan bir qatorda, aholining zamonaviy va xavfsiz turar joylarga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari