Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
2026 yil 21 apreldagi O‘RQ–1137-sonli hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan keyin uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Ushbu qonun MChJlarning faoliyatini tartibga solishda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Hujjatga muvofiq, jamiyatlarga zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi, ishtirokchilarning huquqlari mustahkamlanadi va mavjud huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqishda xorijiy va mahalliy ekspertlarning takliflari, jamoatchilik fikrlari hamda xalqaro tajribalar hisobga olingan.
Yangi qoidalar orasida kuzatuv kengashi vakolatlari va a’zolarini saylash mexanizmini aniqlashtirish, shuningdek masofadan ovoz berish imkoniyatini joriy etish muhim o‘ringilanib, bu ularning javobgarligini oshiradi. Bundan tashqari, MChJlarning faoliyat yuritish tartibi ham yangicha bo‘ladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0