Mirziyoyev Ostona ekologik sammitida ishtirok etmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Mirziyoyev Ostona ekologik sammitida ishtirok etmoqdaPrezident Shavkat Mirziyoev Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga yo‘l oldi. Davlat rahbarini aeroportda Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov bosh vazirlik vakillari kutib oldi.

Tashrif doirasida 22 aprel kuni Mintaqaviy ekologik sammit bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Prezidenti ishtirok etadi.

Shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi ham o‘tkaziladi. Sammitda asosan Orolbo‘yi ekologik vaziyati, suv resurslaridan samarali foydalanish va mintaqaviy barqarorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Ekspertlar bu uchrashuvni Markaziy Osiyoda ekologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim platforma deb hisoblamoqda. Tashrif nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki mintaqaviy atrof-muht muammolariga hamkorlikda yechim topish istagi ramzi sifatida qaralmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish