Prezident Shavkat Mirziyoyev cheklangan javobgarlikdagi jamiyatlar to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu hujjat rasmiy e’lon qilinganidan keyin uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 71 moddadan iborat qonun korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va jamiyat ishtirokchilarining huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Hujjatni ishlab chiqishda mahalliy va xorijiy ekspertlarning takliflari, shuningdek, xalqaro tajriba hisobga olingan. Qonunda kuzatuv kengashining vakolatlari va uning a’zolarini saylash tartibi aniq belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, kengashning masofadan turib qaror qabul qilishi, fidusiar majburiyatlar tasdiqlanishi hamda filial va sho‘ba korxonalar tashkil etish masalalari tartibga solindi. Yangi qonun ishtirokchilar huquqlarini himoya qilish, investitsiya muhitini yaxshilash va mamlakatda shaffof korporativ muhitni shakllantirishni maqsad qilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0