HP kompaniyasining 2026 yil hisobotiga asosan, videooʻyinlar sohasidagi eng koʻp sotilgan loyihalar reytingi eʼlon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Afsonaviy Tetris 520 million nusxa bilan boshqaruvni qoʻldan bermadi, biroq uning rekordi turli platformalardagi koʻplab chiqarilishlari tufayli shubha ostida qolmoqda. Agar har bir versiya alohida hisoblansa, reyting oʻzgarishi mumkin.
Minecraft 350 million nusxa sotilishi bilan “yagona mahsulot” sifatida yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Microsoftning 2,5 milliard dollarga sotib olgani oʻzini toʻla oqladi, shuningdek, 2025 yilda ekranlashtirilgan film 960 million dollar daromad keltirdi.
Grand Theft Auto V 2013 yilda atigi uch kunda 1 milliard dollar daromad oʻrnatgan rekordchi. Umumiy savdosi 225 million nusxadan oshgan.
Red Dead Redemption 2 fenomenal 82 million nusxada sotildi. Reytingda Wii Sports (83 mln), Mario Kart 8 Deluxe (79 mln), Skyrim (60 mln) va Super Mario Bros.
(58 mln) kabi loyihalar ham joy oldi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0