Yaponiyada moviy tunets balig'i 3,2 mln dollarga sotildi

0
Yaponiyada moviy tunets balig'i 3,2 mln dollarga sotildiYaponiyaning Kiyomura kompaniyasi moviy tunets balig'i uchun 3,2 mln dollar to'lab rekord o'rnatdi Yaponiyaning «Kiyomura Corp.» kompaniyasi 2026 yilning dastlabki auksionida moviy tunets balig'ini sotib olish uchun 510,3 mln iyen (taxminan 3,2 mln dollar) sarfladi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

«Sushizanmai» restoranlar tarmog'i egasi hisoblangan ushbu tuzilma Tokio bozoridagi savdolarda g'olib chiqqanini Kyodo agentligi ma'lum qildi. Bu haqda Inform.kz nashri xabar berdi.

Vazni 243 kg bo'lgan baliq Aomori prefekturasi qirg'oqlarida tutilgan. Savdolar 5 yanvar kuni Tokiodagi Toyosu bozorida o'tkazildi.

Sotib olingan tunets tarmog'ining Sukidzi tumanidagi asosiy restoranida nimtalanib, butun Yaponiya bo'ylab mijozlarga tarqatildi. «Kiyomura» prezidenti Kiyoshi Kimura 20 aprel kuni Ginnes sertifikatini qabul qilib oldi.

Rahbar kompaniya kelgusida ham iste'molchilarga yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berishini ta'kidladi. Bu kompaniya uchun qayd etilgan ikkinchi jahon rekordidir.

2013 yilda ham «Kiyomura» yilning birinchi auksionida 155,4 mln iyen evaziga baliq sotib olib, rekord o'rnatgan edi. Tokio rasmiylarining ma'lumotiga ko'ra, joriy narx 1999 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi.

Yilning ilk savdolarida baland narx taklif qilish Yaponiyada yaxshi belgi va marketing usuli hisoblanadi. Toyosu bozoridagi ushbu jarayon ko'plab sayyohlar uchun ommabop tomoshaga aylangan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari