
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh joriy mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda indykaila News nashri o'z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma'lum qildi. Xabarlarga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati shvetsiyalik markaziy hujumchining joriy mavsumdagi o'yinidan qoniqish hosil qilmagan.
Shu sababli, London klubi yozgi transfer oynasi vaqtida kelib tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Hozirda 27 yoshli futbolchining bozor qiymati 65 mln yevroga baholanmoqda.
Dyokereshning "Arsenal" bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Ma'lumot uchun, Viktor Dyokeresh Angliya Premyer ligasining joriy mavsumida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Mazkur bahslarda hujumchi o'z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. E'tiborli jihati shundaki, ushbu gollarning 3 tasi penaltidan kiritilgan.
Hozircha futbolchining keyingi faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi borasida aniq ma'lumotlar mavjud emas.