"Real Madrid" yozda Nikolas Pasni ortga qaytarishi kutilmoqda

0
"Real Madrid" yozda Nikolas Pasni ortga qaytarishi kutilmoqda
Italiyaning "Komo" klubi yarim himoyachisi Nikolas Pas faoliyatini yana Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Argentinalik iqtidorli futbolchining xizmatlariga Madridning "Real Madrid" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma'lum qildi.

Xabarga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati sobiq futbolchisini joriy yilning yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibga qaytarish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. 20 yoshli yarim himoyachi 2022-yildan 2024-yilga qadar "Real Madrid" tizimida harakat qilgan, shundan so'ng Italiya A Seriyasiga yo'l olgan edi.

Nikolas Pasning o'zi ham Madridga qaytishga rozilik bergan va ushbu transfer amalga oshishini kutmoqda. Joriy mavsumda Nikolas Pas Italiya chempionatida yuqori natijalar qayd etmoqda.

Yarim himoyachi "Komo" safida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, u o'z hisobiga 6 ta golli uzatmani ham yozdirib qo'ygan.

Uning Seriya Adagi yorqin o'yini "Real Madrid" skautlari e'tiborini qayta tortishiga sabab bo'ldi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari