Sandro Tonali Italiyaga qaytishga tayyorligini ma'lum qildi

1
Sandro Tonali Italiyaga qaytishga tayyorligini ma'lum qildi
«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini qayerda davom ettirish borasida bir qarorga kelish arafasida turibdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Teamtalk nashri jurnalistlari bergan ma'lumotga ko'ra, italiyalik futbolchi Italiya A Seriyasiga qaytish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Manbaning xabar berishicha, futbolchining vatanida uning harakatlarini «Inter», «Yuventus» va «Milan» klublari yaqindan kuzatib bormoqda.

Ta'kidlash joizki, Tonali Angliyaga ko'chib o'tishdan avval aynan «Milan» sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Angliya Premyer ligasining «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Man Siti» kabi yetakchi jamoalari ham yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.

O'z navbatida, «Nyukasl» rahbariyati o'z yulduzini sotish orqali kamida 80 mln yevro miqdorida mablag' ishlab olishni rejalashtirgan. Ma'lumot uchun, Sandro Tonali joriy mavsumda jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Yarim himoyachi ushbu bahslar davomida o'z hisobiga 3 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Hozirda futbolchining kelajagi borasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari