Shesko: «"Manchester Yunayted"da ajoyib futbolchilar va murabbiylar bor»

0
Shesko: «"Manchester Yunayted"da ajoyib futbolchilar va murabbiylar bor»
«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Shesko jamoadagi muhit va o'zining klubdagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Sloveniyalik futbolchi jamoaning hozirgi holatini ijobiy baholab, o'sishda davom etayotganini ta'kidladi. «O'ylashimcha, biz ajoyib natijalar qayd etmoqdamiz.

Mavsum yakunigacha yana bir nechta uchrashuv qoldi, biroq hozirgi harakatlarimiz yomon emas. Jamoada yuqori darajadagi hamjihatlik va ruh mavjud.

Bu yerda ko'p narsani o'rganyapman va tajriba orttiryapman. Klubda ajoyib futbolchilar va professional murabbiylar shtabi shakllangan», — deya Sheskoning so'zlarini keltirmoqda Sky Sports nashri.

Ma'lumot uchun, 22 yoshli hujumchi 2025-yilning yozgi transfer oynasi vaqtida Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan «manchesterliklar» safiga kelib qo'shilgan edi. Benyamin Shesko o'tgan vaqt mobaynida Angliya klubi libosida barcha turnirlar doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Mazkur bahslarda u raqiblar darvozasiga 10 ta gol urishga va bitta samarali uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Hozirda hujumchi va «Manchester Yunayted» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2030-yilga qadar imzolangan.

Hujumchi jamoaning asosiy tarkibidan mustahkam o'rin egallashni maqsad qilgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari