«Inter» Akanjini «Man Siti»dan to'liq sotib oladi

0
«Inter» Akanjini «Man Siti»dan to'liq sotib oladi
Milanning "Inter" klubi ijara asosida to'p surayotgan markaziy himoyachi Manuel Akanjining transfer huquqini to'liq sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Taniqli insayder Fabritsio Romano bergan ma'lumotlarga ko'ra, "neradzurrilar" shveysariyalik futbolchi borasida "Man Siti" bilan kelishuvga erishgan. Xabarda qayd etilishicha, mazkur transfer kelishuvi 2026-yilning may oyida rasmiylashtiriladi.

Himoyachining to'liq transferi Italiya klubi uchun 15 mln yevroga tushishi kutilmoqda. Mazkur mablag' evaziga milanliklar himoya chizig'ini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, Manuel Akanji "Inter" safida 2025-yilning sentyabr oyidan buyon harakat qilib kelmoqda. 30 yoshli himoyachi o'tgan davr mobaynida italiyaliklar tarkibida barcha turnirlar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Transfermarkt portali Shveysariya terma jamoasi a'zosining bozor qiymatini hozirgi vaqtda 18 mln yevroga baholamoqda. Muzokaralar yakunlanishi bilan Akanji "Inter"ning to'laqonli a'zosiga aylanadi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari