Germaniya tarixidagi eng yaxshi 10 nafar futbolchi e'lon qilindi

0
Germaniya tarixidagi eng yaxshi 10 nafar futbolchi e'lon qilindi
FourFourTwo nashri Germaniya futboli tarixidagi eng yaxshi o'yinchilar reytingini e'lon qildi Britaniyaning nufuzli FourFourTwo nashri mutaxassislari Germaniya futboli tarixidagi eng kuchli o'yinchilar ro'yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ekspertlar tomonidan tayyorlangan ushbu reytingdan jami 10 nafar futbolchi joy oldi. Ro'yxatning birinchi pog'onasini "Bavariya" klubining sobiq himoyachisi Frans Bekkenbauer egalladi.

Ikkinchi o'rindan Myunxen klubining yana bir afsonaviy vakili — hujumchi Gerd Muller joy oldi. Kuchli uchlikka "Bavariya" va Italiyaning "Inter" klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan Lotar Matteus yakun yasadi.

Reytingning to'liq ko'rinishi quyidagicha: 1. Frans Bekkenbauer 2.

Gerd Muller 3. Lotar Matteus 4.

Filipp Lam 5. Uve Zeeler 6.

Gyunter Netser 7. Manuel Nojer 8.

Miroslav Kloze 9. Frits Valter 10.

Oliver Kan Ma'lumot uchun, reyting yetakchisi Frans Bekkenbauer Germaniya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, u "Bavariya" tarkibida 13 ta sovringa ega chiqqan bo'lib, ularning 3 tasi Yevropa chempionlari kubogi hisoblanadi.

Germaniya futboli tarixidagi ushbu yulduzlar turli davrlarda mamlakat sporti rivojiga ulkan hissa qo'shishgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari