
Angliya terma jamoasi va «Liverpul» klubining sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Angliya premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi markaziy yarim himoyachilarning sub'ektiv reytingini taqdim etdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar bermoqda.
Ekspert Daily Mail nashriga bergan intervyusida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. E’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, “qizillar”ning afsonaviy yetakchisi Stiven Jerrard faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Reytingning ikkinchi pog'onasini uzoq vaqt davomida "Manchester Yunayted" sardori sifatida ishlagan Roy Kin egallab turibdi. Kuchli uchlikni “Chelsi” va “Manchester Siti”dagi o‘yinlari bilan tanilgan Kevin de Bryuyne yakunlab turibdi.
Kengaytirilgan top-10 talikka turli davrlardagi ajoyib futbolchilar ham kirdi: Patrik Vieyra, Frenk Lempard, N'Golo Kante, Pol Skoulz, Yaya Ture, Rodri Ernandes va Sesk Fabregas. E'tiborlisi, ushbu ro'yxatdagi futbolchilarning aksariyati allaqachon professional faoliyatini yakunlagan.
Ayni damda o‘n nafar futbolchidan atigi uchtasi Angliya chempionatida o‘ynashda davom etmoqda: Kevin de Bryuyne, N’Golo Kante va Rodri.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0