
Myunxen "Bavariya" klubining afsonaviy darvozaboni Oliver Kan jamoaning yangi yetakchisi Maykl Oliseni "Oltin to'p" mukofoti uchun kurashda qo'llab-quvvatladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Germaniya terma jamoasining sobiq posboni futbolchining joriy mavsumdagi yuqori natijalarini yuqori baholadi. Sky Sport telekanaliga bergan intervyusida Oliver Kan Olisenning so'nggi haftalardagi o'yinlariga e'tibor qaratib, u ushbu nufuzli mukofotni qo'lga kiritish yo'lida ketayotganini ta'kidladi.
Mutaxassisning fikricha, fransuz vingerining maydondagi faoliyati va natijalari uni dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga olib chiqmoqda. 24 yoshli futbolchi hozirda Yevropaning top-5 ligasi orasida penaltisiz hisoblangan gollar va assistlar bo'yicha eng samarador o'yinchi maqomiga ega.
Uning hisobida 18 ta gol va 25 ta golli uzatma mavjud. Shuningdek, Olisening xizmat qilayotgan klubi ayni damda uchta yirik turnirda g'alaba qozonish imkoniyatiga ega.
Kutilmoqdaki, Maykl Olise yaqin orada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ham Fransiya terma jamoasining asosiy kuchlaridan biri bo'ladi. Mazkur turnir Didye Deshamning milliy jamoa bosh treneri sifatidagi oxirgi imtihoni bo'lishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0