Ranieri «Roma»dan ketishini bir tomonlama qaror deb atadi

0
Ranieri «Roma»dan ketishini bir tomonlama qaror deb atadi
Klaudio Ranieri "Roma"dan ketishi bo'yicha ilk bor munosabat bildirdi "Roma" klubi maslahatchisi lavozimini tark etgan Klaudio Ranieri jamoadan ketishi bilan bog'liq vaziyatga aniqlik kiritdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Tajribali mutaxassisning so'zlariga ko'ra, ushbu qaror klub rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda qabul qilingan. "Bu klubning qarori bo'ldi, men buni bir tomonlama qaror deb atagan bo'lardim.

Shunday bo'lsa-da, "Roma"ga omad tilayman", — deya Ranierining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Italiya OAVlari. Ko'plab tahlilchilar va sport nashrlarining taxminiga ko'ra, Ranierining ketishiga jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini bilan yuzaga kelgan ichki kelishmovchiliklar sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.

Hozirda Rim klubi Italiya A seriyasi turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Ma'lumot uchun, "Roma" so'nggi bor 2001-yilgi mavsumda mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan edi.

Shundan buyon poytaxt jamoasi Skudettoni qo'lga kirita olmayapti.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari