O'zbekistonning umumiy tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarga yetdi
O'zbekistonda tashqi qarz dinamikasiga oid yangilangan ko'rsatkichlar e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yil davomida mamlakatning jami tashqi qarzi qariyb 18 mlrd dollarga ko'paygan. 2026 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, davlat tashqi qarzi 40,5 mlrd dollarni tashkil etdi.
Shunga qaramay, ushbu qarzning yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbati pasayishda davom etib, 27,5 % darajasida qayd etildi. Mutaxassislar jalb etilgan mablag'larning asosiy qismi uzoq muddatli va imtiyozli shartlarga ega ekanini ta'kidlamoqda.
Xususiy sektor va banklar tomonidan jalb qilingan korporativ qarzlar hajmi 41,7 mlrd dollarga yetdi. Bu ko'rsatkich YaIMga nisbatan 28,4 % ga teng.
Mazkur mablag'larning 90 % dan ortig'i uzoq muddatli majburiyatlar hisoblanadi. Korporativ qarz tarkibida xorijiy investorlar mablag'lari 6,5 mlrd dollarni, xalqaro obligatsiyalar orqali jalb qilingan resurslar esa 7,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Mablag'larning qolgan qismi investitsiya loyihalari va tadbirkorlikni kengaytirishga yo'naltirilgan. XVJ va xalqaro reyting agentliklari O'zbekistonning qarz yukini mo'tadil deb baholamoqda.
Bunda korporativ qarzlar bo'yicha davlatning to'g'ridan-to'g'ri kafolati yo'qligi hamda to'lov mas'uliyati bevosita korxonalar va banklar zimmasida ekani muhim omil sifatida ko'rsatilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0