Oltin narxlari pasaydi: 22 apreldagi yangi ko‘rsatkichlar e’lon qilindi

0
Oltin narxlari pasaydi: 22 apreldagi yangi ko‘rsatkichlar e’lon qilindi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 22 aprel kuniga mo'lchalangan oltin quyma narxlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, oltinning bir grammi narxi avvalgi ko'rsatkichlardan 7 800 so'mga arzonlashgan. Mazkur o'zgarish oltin quyma narxlariga quyidagicha ta'sir ko'rsatdi: 5 grammlik quyma 9 568 000 so'm, 10 grammlik – 19 136 000 so'm, 20 grammlik – 38 272 000 so'm, 50 grammlik – 95 680 000 so'm, 100 grammlik esa 191 359 000 so'mga baholanmoqda.

Oltin quyma xarid qilish istagida bo'lganlar, uni mamlakatimizdagi deyarli barcha bank filallaridan sotib olishlari mumkin. Biroq, banklarga borishdan oldin oltin quyma zaxiralari borligini aniqlashtirib olish tavsiya etiladi. Hozirgi kunda oltin narxining tez-tez o'zgarishi tufayli, talab ham sezilarli darajada oshgan.

Shu sababli, ayrim bank filiallarida oltin quyma zaxiralari kamayib borayotgani yoki tugab qolishi mumkinligi haqida xabarlar mavjud. Oltin narxining o'zgarishi investitsiya maqsadida oltin sotib olishga qiziqqan fuqarolarning e'tiborini jalb qilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Iqtisodiyot yangiliklari