Oltin quymalar narxi tushdi: 21 apreldagi yangi narxlar e'lon qilindi

Nilufar Rashidova1 daqiqalik o'qish

Oltin quymalar narxi tushdi: 21 apreldagi yangi narxlar e'lon qilindi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 21 aprel kuniga mo'lajallangan oltin quymalar narxlari yangilandi. Yangi ma'lumotlarga ko'ra, oltinning bir grammi oldingi ko'rsatkichlardan 10 600 so'mga arzonlashgan. Ushbu o'zgarishlar o'lchovli oltin quymalarning turli vaznlaridagi narxlariga ham ta'sir ko'rsatgan.

Hozirgi vaqtda 5 grammlik oltin quymasi 9 607 000 so'mga, 10 grammlik oltin quymasi esa 19 215 000 so'mga baholanmoqda. Shuningdek, 20 grammlik oltin quymasi narxi 38 429 000 so'mni, 50 grammlik oltin quymasi esa 96 074 000 so'mni tashkil etmoqda. Eng katta hajmdagi, 100 grammlik oltin quymasi uchun esa 192 147 000 so'm to'lash kerak bo'ladi.

O'zbekiston hududidagi deyarli barcha bank filallarida ushbu o'lchovli oltin quymalarini sotib olish imkoniyati mavjud. Xarid qilishdan oldin, bankning tegishli filialida oltin quymalarining mavjudligini aniqlashtirib olish tavsiya etiladi.

Oltin narxining tez-tez o'zgarishi tufayli, so'nggi vaqtda oltin quymalariga bo'lgan talab sezilarli darajada oshdi. Ba'zi bank filiallarida oltin quymalarining zaxiralari kamayib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish