
O'zbekiston Markaziy banki 15 aprel kunidagi oltin quymalar narxlarini e'lon qildi. Ma'lumotlarga ko'ra, oltinning bir grammi narxi avvalgi ko'rsatkichlardan 23 800 so'mga oshgan. Ushbu o'zgarish o'lchovli oltin quymalar narxlariga ham ta'sir ko'rsatdi.
Hozirda 5 grammlik oltin quymasi 9 627 000 so'm, 10 grammlik – 19 254 000 so'm, 20 grammlik – 38 507 000 so'm narxda sotilmoqda. Shuningdek, 50 grammlik oltin quymasi 96 269 000 so'm, 100 grammlik esa 192 537 000 so'mga baholanmoqda. Oltin quymalar mamlakatdagi deyarli barcha bank filiallarida mavjud.
Banklarga borishdan oldin, oltin quymalarining mavjudligini telefon orqali aniqlashtirib olish tavsiya etiladi. Xorijiy OAV xabar berganidek, oltin narxining tez sur'atlarda oshishi tufayli, sotuv hajmi ham sezilarli darajada ortgan.
Alohida e'tibor berish kerakki, talabning yuqoriligi sababli ayrim bank filiallarida oltin quymalarining zaxirasi kamayib bormoqda. Shunday ekan, oltin sotib olishni rejalashtirganlar uchun iloji boricha tezroq murojaat qilish tavsiya etiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.



Izohlar
0