
O'zbekiston 2024-yilning birinchi ikki oyida shokolad importi hajmi 6,6 ming tonnani tashkil etdi. Milliy statistika qo'mitasining bildirishicha, bu ko'rsatkich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 1,1 ming tonnaga kamaygan. Shokolad importining umumiy pul qiymati 27,7 million AQSh dollariga baholangan.
Ushbu import hajmining eng katta qismi Rossiyaga tegishli bo'lib, bu mamlakatdan 4 407 tonna shokolad olib kirilgan. Ukrainaning ulushi 607 tonnani, Turkmanistonning esa 209,1 tonnani tashkil etdi. Qozog'iston va Turkiya ham shokolad yetkazib beruvchilar orasida muhim o'rin tutib, mos ravishda 201,8 va 190,7 tonna mahsulot eksport qilgan.
Polsha 124,4 tonna shokolad bilan yirik eksportchi davlatlar safiga kirgan. Qolgan qismi, ya'ni 825,9 tonna shokolad boshqa davlatlardan import qilingan. Import hajmi bo'yicha yuqoridagi davlatlar O'zbekiston shokolad bozorining asosiy ta'minotchilaridan hisoblanadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.



Izohlar
0