
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 17 aprel kuniga mo'lajallangan oltin quymalar narxlari e'lon qilindi. Yangi ma'lumotlarga ko'ra, oltinning bir grammi oldingi ko'rsatkichlardan 4000 so'mga arzonlashgan. Mazkur o'zgarishlar o'lchovli oltin quymalar narxlariga quyidagicha ta'sir ko'rsatdi: 5 gramm – 9 676 000 so'm, 10 gramm – 19 351 000 so'm, 20 gramm – 38 702 000 so'm.
Shuningdek, 50 grammlik oltin quymasi 96 756 000 so'mga, 100 grammlik oltin esa 193 512 000 so'mga baholanmoqda. Oltin quymalar mamlakatimizdagi deyarli barcha bank filallarida mavjud.
Mutaxassislar fikriga ko'ra, oltin narxining tez-tez o'zgarishi unga bo'lgan talabning ortishiga sabab bo'lmoqda. Shunday ekan, banklarga borishdan oldin oltin quymalari zaxirada qolganligini bilib olish tavsiya etiladi.
Oltin narxlaridagi ushbu o'zgarishlar investitsiya maqsadida oltin sotib olishni rejalashtirayotgan shaxslar uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda oltin xarid qilish imkoniyati mavjud bo'lsa, uni qo'lga kiritish maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.




Izohlar
0