
«Totthenem» jamoasi bosh trener Roberto de Dzzerbi rahbarligidagi ilk o‘yinida «Sanderlend»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng italiyalik mutaxassis jamoa a’zolarini mashhur Bacchanalia restoraniga taklif etib, qimmatbaho kechki ovqat tashkil qildi. Trenerning bunday qarori futbolchilarning ruhiy holatini yaxshilash va jamoaviy kayfiyatni ko‘tarish maqsadida amalga oshirilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, De Dzzerbi avvalroq bergan intervyularida «shporlar»ning asosiy muammosi texnik mahoratda emas, balki aynan psixologik omillarda ekanligini qayd etgan edi. Qiziqarli jihati shundaki, futbolchilar tashrif buyurgan restoran o‘zini «reallikdan qochishni (eskapizm) xohlovchilar uchun mo‘ljallangan maskan» deb ta’riflaydi.
Bu holat jamoaning hozirgi og‘ir vaziyatiga ramziy ma’no kasb etadi, zero «Totthenem» hozirda turnir jadvalining eng quyi qismida, ya’ni chiqib ketish zonasida joy olgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0